Orient Global GmbH
  • Аvtomobil qismlarini «OEM/AFTERMARKET» AVTO EHTIYOT QISMLARINING ULGURJI VA ChAKANA TA'MINOTI
  • Genuine Parts ehtiyot qismlari Barcha turdagi aatotransport vositalari uchun Genuine Parts ning original ishlab chiqarilgan avto ehtiyot qismlari
1
2
Bizning kompaniya Bizning kompaniya

Orient Global GmbH ushbu soxada 20 yillik tajribaga ega

«Orient Global GmbH» kompaniyasi Kyoln shahrida (Germaniya Federativ Respublikasi) joylashgan. Kompaniyamizning asosiy faoliyati turli xildagi yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar, yo‘l-qurilish va qishloq xo‘jaligi maxsus texnikalari uchun OEM/Aftermarket ning original ehtiyot qismlari va butlovchi mahsulotlarini distribyutorlik asosida yetkazib berishni amalga oshirishdan iboratdir. Bizning ta'minotchilarimiz – avto ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi dunyoning yetakchi korxonalari bilan vositachilarsiz, rasmiy distribyutor maqomiga ega holda ishlaymiz.
50
Brendlar
320
Hamkorlar
Kompaniya
Bizning kompaniya Bizning kompaniya

Cookie fayllari siyosati

Bosh saxifa Bizning ishlarimiz

Orient Global GmbH kompaniyasi – Toshkent va O’zbekistonning boshqa shaharlarida original avto ehtiyot qismlarining yetakchi ta’minotchisi hisoblanadi. Biz 20 yildan ortiq vaqt mobaynida Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarining shu turdagi mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug’ullanib kelmoqdamiz. Bizning rasmiy hamkorlarimiz 50 ta ishlab chiqaruvchi zavodlar hisoblanadi. Vositachilarsiz yetkazib berish avtomobillar uchun ehtiyot qismlar sifatini kafolatlaydi, kompaniya xodimlarining yaxshi muvofiqlashtirilgan ishi esa savdo uchun maqbul sharoitlarni ta’minlash imkonini beradi.

Orient Global GmbH dagi takliflar: mahsulotlar assortimenti

Kompaniyamiz faoliyatining asosiy yo’nalishi – O’zbekistonda OEM/Aftermarket ehtiyot qismlarini bevosita yetkazib berish hisoblanadi. Biz Yevropaning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining rasmiy distribyutori hisoblanamiz, ularning to’liq ro’yxatini ushbu sahifada topishingiz mumkin. Katalogimizda taqdim etilgan original ehtiyot qismlar assortimenti doimiy ravishda kengayib bormoqda. Bu yerda nafaqat yangi lavozimlar, balki yangi brendlar ham muntazam qo’shib borilmoqda.

Mijozlar ehtiyojini maksimal darajada qondirish maqsadida kompaniyamiz boshqa qator yo‘nalishlarni ham rivojlantirmoqda. Toshkent yoki Oʻzbekistonning boshqa shaharlaridan turib Orient Global GmbH kompaniyasiga murojaat qilgan holda siz  OEM / Aftermarket avtomobil ehtiyot qismlari bilan birgalikda quyidagi tovarlarga buyurtma berishingiz mumkin:

  • Genuine Parts, Mercedes Benz, VW, Audi, BMW, Landrover/Jaguar ehtiyot qismlari va boshqalar;
  • Mercedes Benz, VW + Audi moylari va suyuqliklari;
  • Mobil kompaniyasi moylari va suyuqliklari;
  • dvigatellar va generatorlar;
  • maxsus texnika uchun ehtiyot qismlar;
  • maishiy kimyo va kosmetika.

Har bir toifada eng yaxshi ishlab chiqaruvchi kompaniyalar taqdim etilgan. Shu bilan birga, avtomobil ehtiyot qismlarini O‘zbekiston bo’ylab vositachilarsiz yetkazib berishimiz mahsulotning asl sifati va minimal narxlari kafolatidir.

Avtomobil ehtiyot qismlarini qayerdan sotib olish mumkin: Orient Global GmbH bilan sizning imkoniyatlaringiz

Kompaniyamiz Germaniya va boshqa Yevropa davlatlaridan mahsulot yetkazib berish bilan anchadan beri shug’ullanib kelmoqda. Salmoqli tajriba hamda xodimlarning yuqori malakasi sabab biz xaridorlar uchun xush keladigan shart-sharoitlarni yaratishga muvaffaq bo’ldik. Toshkent va O’zbekistonning boshqa shaharlaridan turib avtomobil ehtiyot qismlarini sotib olish maqsadida Orient Global GmbH ga murojaat qilish orqali xaridorlar xilma-xil assortiment bilan birgalikda quyidagi imkoniyatlarni o’zlari uchun kashf etadilar:

  • yetakchi brendlardan kafolatlangan sifat. Avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan rasmiy distribyutorlar maqomida bevosita hamkorlik olib boriladi va zarur hollarda tasdiqlangan tovar sertifikatlari mavjud;
  • O‘zbekistonda doimiy mijozlar uchun o’zgaruvchan chegirmalar hamda mukammallashtirilgan nemis avtomobil qismlari uchun raqobatbardosh narxlar; 
  • buyurtmalarni arzon narxlarda va avtoulov ehtiyot qismlari miqdori bo’yicha hech qanday cheklovlarsiz yetkazib berishni professional tashkil etish;
  • boshqa mamlakatlardan yetkazib berishni tashkillashtirishda, jumladan, logistika va bojxona rasmiylashtiruvini tashkil etishda mijozlarni professional qo‘llab-quvvatlash.

Bularning barchasi tajribali maslahatchilarning xizmatlari orqali yanada qulaylashtirilgan.  Ular bilan telefon, messenjer va elektron pochta orqali bog'lanish mumkin.  Mutaxassislar avto ehtiyot qismlar, katalogimizdagi boshqa mahsulotlar va sotuv shartlari bo’yicha barcha kerakli ma’lumotlarga ega.  Zarur hollarda kompaniya xodimi nafaqat savollaringizga javob beradi, balki Toshkent shahrida avtomobillar uchun ehtiyot qismlarni tanlash va buyurtma berishda ham yordam beradi.

O’zbekistonda avtoulov ehtiyot qismlari savdosi bo’yicha eng ko’p so’raladigan savollar

Konsultant bilan bog’lanishdan avval Orient Global GmbH mijozlari tomonidan tez-tez so’raladigan savollarga berilgan javoblar bilan tanishib chiqing. Bu yerda siz o’zingizni qiziqtirgan ma’lumotni topishingiz mumkin.

  • Avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi xorijiy kompaniyalarning O’zbekistondagi rasmiy vakili ekanligingiz haqida biror dalil bormi? – Ha. Tegishli hujjatlarni ushbu sahifadan topasiz. Agar zarur bo’lsa, buyurtmangiz bilan birgalikda sizga sertifikat nusxalarini ham yuborishimiz mumkin.
  • Nima sababdan avto ehtiyot qismlar narxlari saytingizda ko’rsatilmagan?  — Mijozlarimiz bilan ishlashda biz ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif etilgan umumiy prays-listdan foydalanamiz, u esa kompaniya tomonidan doimiy ravishda o‘zgartirib turilishi mumkin. Hamkorlik boshida biz mijozlarni qiziqtirgan brendlar uchun mavjud narxlar ro’yxatini taqdim etamiz, shuningdek, buyurtma sifatida joylashtirilgan tovar kodlarining mavjudligi va yetkazishga tayyorlash muddati haqida ma’lumot beramiz. Bu joriy buyurtmalar bahosini yaxshiroq va aniqroq tushunishga xizmat qiladi.  Avtomobil qismlari ishlab chiqaruvchi turli kompaniyalar bilan bevosita hamkorlik buyurtmalarni individual joylashtirishni ko’zda tutadi.
  • Avtomobil qismlari O’zbekiston bo’ylab qancha muddatga yetkazib beriladi? – Yetkazib berish muddatlari avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchilari omborlarida mahsulot mavjudligiga, xaridor bilan kelishilgan aniq buyurtma/tovar partiyalarini yetkazishga tayyorlash muddatlariga, tovarlar partiyalarini avvaldan kelishilgan turli transport kompaniyalari orqali O‘zbekistonga yetkazib berish muddatlari va bir qator boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Logistlarimiz avto ehtiyot qismlarni Toshkent va boshqa shaharlarga imkon qadar tezroq yetkazib berish uchun harakat qilishadi.  Yetkazib berish bo’yicha batafsil ma’lumot olish uchun konsultant bilan bog’laning.
Brendlar Brendlar

Biz bilan ishlaydigan brendlar

Zimmermann
ZF
Zekkert
YENMAK
VEMO
Vaico
TRUCKTEC
ProVia
Pierburg
PE
Payen