Dvigatellar va generatorlar
Orient Global GmbH O’zbekistonda avtomobil dvigatel va generatorlari kategoriyasini taqdim etadi. Xodimlarimizning ulkan tajriba va malakasi sabab biz xaridorlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga muvaffaq bo’ldik. Xilma-xil assortiment, O‘zbekiston uchun dvigatel va generatorlarning hamyonbop narxlari, tez va ishonchli yetkazib berish – afzalliklarimizning bir nechtasi, xolos. Batafsil ma’lumot va tez-tez beriladigan savollarga javoblar bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Import dvigatel va generatorlarini qayerdan buyurtma berish mumkin: Orient Global bilan sizning imkoniyatlaringiz
Kompaniyamiz bir necha yildan beri O’zbekistonga avtomobil dvigatellarini yetkazib berish bilan shug’ullanib kelmoqda. Biz xaridorlar uchun eng maqbul shart-sharoitlarni ta’minladik. Dvigatellarni ulgurji yoki chakana sotib olish maqsadida bizga murojaat qilmoqchi bo’lgan mijozlar o’zlari uchun quyidagi ajoyib imkoniyatlarni kashf etadilar:
- Ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan to’g’ridan to’g’ri hamkorlik hamda tovar sertifikati bilan ta’minlangan taniqli brenddan asl sifat kafolati;
- Toshkentda dvigatel va generatorlarga raqobatbardosh narxlar hamda doimiy mijozlarga moslashuvchan chegirmalar;
- Generator va dvigatellarga maqbul tariflar asosida va cheklanmagan hajmda buyurtmalarni yetkazib berishning yuqori darajada tashkil etilganligi;
- Generator va dvigatellarni O’zbekiston bo’ylab yetkazib berishni tashkillashtirishda mijozlarga professional yordam va logistika xizmati.
Bularning barchasi tajribali maslahatchilarning xizmatlari bilan uyg’unlashgan. Ular bilan telefon, messenjer va elektron pochta orqali bog'lanish mumkin. Mutaxassislar generator va dvigatellar haqida barcha kerakli ma’lumotga ega. Zarur hollarda kompaniya xodimi nafaqat savollaringizga javob beradi, balki sizga kerakli bo’lgan tovar turini tanlash va buyurtma berishda ham ko’maklashadi.
O’zbekistonda dvigatel va generatorlar savdosi bo’yicha eng ko’p so’raladigan savollar
Tovar haqidagi ma’lumotning so’nggi qismida mijozlarimiz tomonidan eng ko’p so’raladigan savollarga javoblar keltirilgan. Ular bilan tanishib chiqing – bu yerda Orient Global GmbH tomonidan taklif etilayotgan maxsus texnika uchun ehtiyot qismlari borasida o’zingizni qiziqtirayotgan ma’lumotni topishingiz mumkin.
- Nima uchun narxlar saytingizda ko'rsatilmagan? — Biz mijozlarimiz bilan ishlashda umumiy prays-list (narxlar ro‘yxati)dan foydalanamiz, u esa ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan doimiy ravishda o‘zgartirilishi mumkin. Xaridorlar bilan kelishuv avvalida biz avtomobil dvigatel va generatorlarining hozirda mavjud narxlar ro’yxatini taqdim etamiz, shuningdek, tovarning mavjudligi hamda buyurtma sifatida joylashtirilgan mahsulot kodi bo’yicha tovarni yetkazishga tayyorlash muddatlari haqida ma'lumot beramiz.
- Katalogda ko’rsatilgan mazkur rubrika bo’yicha original brend dvigatel va generatorlarini sotishingizga biror isbot bormi? – Ha. Tegishli hujjatlarni ushbu sahifadan topasiz. Agar zarur bo’lsa, sertifikat nusxalarini sizning buyurtmangiz bilan birga jo’natishimiz mumkin.
- Dvigatel va generatorlar O’zbekistonga qancha muddatda yetkazib beriladi? – Yetkazib berish muddatlari ishlab chiqaruvchining omborlarida mahsulot mavjudligiga, xaridor bilan kelishilgan aniq buyurtmalar/tovar partiyalarini yig‘ish muddatlariga, turli transport kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalarga va boshqa bir qator omillarga bog‘liq. Orient Global taklif etayotgan muayyan ehtiyot qismlarini yetkazib berish borasida batafsil ma’lumot olish uchun konsultant bilan bog’laning.
Ehtiyot qismlar topishga yordam beramiz
Biz bilan ishlaydigan brendlar