Orient Global GmbH

Maxfiylik siyosati

2021 yil 29 yanvar holatiga

Sizning kompaniyamizga bo‘lgan qiziqishingizdan behad xursandmiz va ishontirib aytamizki, Sizning ma'lumotlaringiz bilan ishlashda qonunchilikning barcha talablariga javob bergan holda mas'uliyat bilan munosabatda bo‘lamiz. Umuman olganda, internet-sahifalarimizga har qanday shaxsiy ma'lumotlaringizni taqdim etmagan holda ham tashrif buyurishingiz mumkin. 

Agar Siz (keyingi o‘rinlarda «ma'lumotlar sub'ekti») kompaniyamizning maxsus xizmatlaridan saytimiz orqali foydalanmoqchi bo‘lsangiz, shaxsiy ma'lumotlaringizni qayta ishlash zarurati tug‘ilishi mumkin. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash zarurati tug‘ilganda va bunday qayta ishlash uchun huquqiy asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, biz, qoidaga ko‘ra, ma'lumotlar sub'ektining roziligini olamiz.

Ma'lumotlar sub'ektining ismi, manzili, elektron pochta manzili yoki telefon raqamlari kabi shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash doimo Ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha Umumiy reglament (Obщiy reglament po zaщite dannыx (ORZD) ga binoan, shuningdek bizga nisbatan ma'lum bir davlatda qo‘llaniladigan ma'lumotlar himoyasi to‘g‘risidagi qonunlarga asosan amalga oshiriladi. Bizning server Rossiya Federatsiyasida joylashgan. Shu munosabat bilan rossiya qonunchiligi ham Sizning ma'lumotlaringiz himoyasini ta'minlashi mumkin. Shu o‘rinda, Rossiya Federatsiyasidagi ma'lumotlar himoyasi Yevropa Ittifoqidagi ma'lumotlar himoyasidan farqlanishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri  ta'kidlab o‘tishimiz joizdir.

Mazkur Ma'lumotlar himoyasi to‘g‘risidagi axborot biz yig‘adigan, foydalanadigan va qayta ishlaydigan shaxsiy ma'lumotlarning maqsadi, turi va hajmi to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor etish uchun xizmat qiladi.  Bundan tashqari, mazkur Axborot orqali ma'lumotlar sub'ektlariga ularning huquqlari tushuntiriladi.

Sizning ma'lumotlaringizni qayta ishlash uchun mas'ul shaxs sifatida, saytimiz orqali qayta ishlanadigan shaxsiy ma'lumotlarning yanada to‘liq himoyasini ta'minlash uchun ko‘plab texnik va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirdik. Shunga qaramasdan, Internet orqali ma'lumotlar uzatish xavfsizlik tizimidagi kamchiliklar mavjudligi xavfi bilan bog‘liq bo‘lib, mukammal himoya kafolatlanishi mumkin emas. Shu munosabat bilan, har bir ma'lumot sub'ekti shaxsiy ma'lumotlarini muqobil usulda, masalan, telefon orqali yuborish to‘g‘risida mustaqil ravishda qaror qabul qilishi mumkin. Buning uchun Chiqish ma'lumotlarida  keltirilgan aloqa ma'lumotlaridan foydalanishingizni so‘raymiz.

Tushunchalar ta'rifi

 Ushbu «Ma'lumotlar himoyasi to‘g‘risidagi  Axborot»da yevropa qonun chiqaruvchilari tomonidan Ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha Umumiy reglament uchun qo‘llaniladigan atamalaridan foydalaniladi. Mazkur «Ma'lumotlar himoyasi to‘g‘risidagi  Axborot» jamoatchilik uchun ham, bizning mijozlarimiz va ishbilarmon hamkorlarimiz uchun ham  oson o‘qilishi va tushunarli bo‘lishi kerak. Shu munosabat bilan, unda foydalaniladigan atamalarni avvaldan tushuntirmoqchimiz. 

Mazkur «Ma'lumotlar himoyasi to‘g‘risidagi  Axborot» da biz turli atamalar qatorida quyidagilardan foydalanamiz: 

 a)  Shaxsiy ma'lumotlar

Shaxsiy ma'lumotlar – bu identifikatsiyalangan (aniqlangan) yoki identifikatsiyalanadigan (aniqlanadigan) jismoniy shaxs (keyingi o‘rinlarda «ma'lumotlar sub'ekti») bilan bog‘liq har qanday axborotdir. Identifikatsiyalanadigan jismoniy shaxs – xususan, ism, familiya, identifikatsiya raqami, manzil ma'lumotlari, onlayn identifikator yoki jismoniy, fiziologik, genetik, aqliy, iqtisodiy, madaniy yoki ijtimoiy identifikatorga xos bir yoki bir nechta maxsus omillar bilan identifikatorga murojaat qilish orqali bevosita yoki bilvosita aniqlanishi mumkin bo‘lgan shaxsdir.

 b)    Ma'lumotlar sub'ekti

Ma'lumotlar sub'ekti deganda, ma'lumotlarni qayta ishlashga mas'ul bo‘lgan shaxs tomonidan shaxsiy ma'lumotlari qayta ishlanib, har qanday identifikatsiyalangan yoki identifikatsiyalanadigan jismoniy shaxs tushuniladi.

  c)    Qayta ishlash

Qayta ishlash – avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda yoki bunday vositalardan foydalanmasdan amalga oshiriladigan har qanday operatsiya yoki shaxsiy ma'lumotlarga ega operatsiyalar to‘plami. Bunga quyidagilar kiradi: ma'lumotlarni to‘plash, yozish, tashkil etish, tizimlashtirish, saqlash, moslashtirish yoki o‘zgartirish, o‘qish, talab qilish, ishlatish, oshkor qilish, tarqatish yoki boshqa shakl berish, solishtirish yoki birlashtirish, cheklash yoki yo‘q qilish.

 d)    Qayta ishlashni cheklash

Qayta ishlashni cheklash – bu saqlangan shaxsiy ma'lumotlarga keyinchalik yana qayta ishlov berishilishini cheklash maqsadidagi markirovkalash.

 ye)    Profillash

Profillash – bu shaxsiy ma'lumotlarning avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlanishining har qanday shakli bo‘lib, u shaxsiy ma'lumotlarning muayyan shaxsiy jihatlarini baholash uchun, xususan, mehnat faoliyati samaradorligi, iqtisodiy vaziyati, salomatligi, shaxsiy xohishi, qiziqishi, ishonchliligi, hatti-harakatlari, joyi yoki joyini o‘zgartirish bilan bog‘liq jihatlarni tahlil qilish yoki prognozlash uchun jismoniy shaxsning shaxsiy ma'lumotlardan foydalanishdir.

 f)    Taxalluslashtirish

Taxalluslashtirish – shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashning shunday tarziki,  bunda shaxsiy ma'lumotlar qo‘shimcha axborotlardan foydalanilmasdan aniq bir sub'ektga tegishli bo‘lolmaydi, shu shart bilanki, bunday qo‘shimcha axborotlar alohida saqlanishi va shaxsiy ma'lumotlarning identifikatsiyalanadigan yoki identifikatsiyalanayotgan jismoniy shaxs bilan bog‘lanmasligini ta'minlash uchun texnik va tashkiliy chora-tadbirlar qo‘llanishi ta'minlangan bo‘lishi shart.

 g)    Mas'ul shaxs yoki qayta ishlash uchun mas'ul shaxs

Mas'ul shaxs yoki qayta ishlash uchun mas'ul shaxs, bu jismoniy yoki yuridik shaxs, davlat muassasasi, tashkilot yoki boshqa tarkibiy tuzilma hisoblanib, mustaqil ravishda yoki boshqa shaxslar bilan hamkorlikda shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashning maqsadi va usullarini aniqlaydi.

Bunday qayta ishlashning maqsad va usullari Yevropa Ittifoqi yoki unga a'zo mamlakatlarning qonunchilik hujjatlari asosida aniqlanadigan bo‘lsa, unda mas'ul shaxs yoki uning tayinlovidagi ma'lum mezonlar Yevropa Ittifoqi yoki unga a'zo mamlakatlarning qonunchilik hujjatlarida  ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin. 

 h)    Qayta ishlovchi

Qayta ishlovchi – bu mas'ul shaxs topshirig‘i bilan shaxsiy ma'lumotlarga qayta ishlov beruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs, davlat muassasasi, tashkilot yoki boshqa tarkibiy tuzilma.

 i)    Qabul qiluvchi

Qabul qiluvchi — bu uchinchi shaxs bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat'iy nazar shaxsiy ma'lumotlarni oshkor etadigan jismoniy yoki yuridik shaxs, davlat muassasasi, tashkilot yoki boshqa tarkibiy tuzilma. Biroq, Yevropa Ittifoqi yoki unga a'zo mamlakatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq, aniq bir tergov ishlariga ko‘ra shaxsiy ma'lumotlarni olishlari mumkin bo‘lgan davlat muassasalari qabul qiluvchi bo‘lib hisoblanmaydilar.

 j)    Uchinchi shaxs

Uchinchi shaxs — bu har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs, davlat muassasasi, tashkilot yoki boshqa tarkibiy tuzilma bo‘lib, ma'lumotlar sub'ekti, mas'ul shaxs, qayta ishlov beruvchi va mas'ul shaxs yoki qayta ishlov beruvchiga bo‘ysunuvchi shaxsdan tashqari, shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga vakolatli hisoblanadilar.

 k)    Rozilik

Rozilik — bu ma'lumotlar sub'ektining ariza shaklida yoki boshqa aniq tasdiqlovchi har qanday harakati orqali  ixtiyoriy ravishdagi, axborotlarga ega va aniq xohishiga ko‘ra o‘zining shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash uchun rozilik berish hisoblanadi.

  Qayta ishlash uchun mas'ul shaxsning nomi, va manzili

Ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha Umumiy reglament, Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlarida amal qiluvchi qonunlar, shuningdek ma'lumotlar himoyasini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlariga binoan  mas'ul shaxs:

ORIENT Global GmbH (GFR da MChJ maqomida)

Leyendeker Shtrasse 27

50825 Kyolьn

Boshqaruvchi direktor: Bobir Po‘latov

Telefon raqamlari: 0221 - 7000267

Faks raqamlari: 0221 - 7940053

Elektron pochta manzili: sales@orient-global-gmbh.com

Kompaniyaning Savdo reyestridagi ro‘yxatga olingan raqamlari: HRB 90077

Reyestr yurituvchi, Kyolьn shahrida joylashgan sud

Server joylashgan manzil: Rossiya Federatsiyasi

Sookie  fayllari / SessionStorage / LocalStorage

Veb-saytlarda ba'zan cookie deb nomlanadigan fayllar, shuningdek, LocalStorage va SessionStorage texnologiyalari ishlatiladi. Bu bizning takliflar foydalanuvchilar uchun yanada qulay, yanada samarali va xavfsiz bo‘lishi uchun xizmat qiladi. LocalStorage va SessionStorage – bular texnologiyalar bo‘lib, ular yordamida Sizning brauzeringiz ma'lumotlarni kompьyuteringizda yoki mobilь qurilmangizda saqlaydi. Cookie fayllari – bu matnli fayllar bo‘lib, veb-brauzer orqali kompьyuter tizimida saqlanadi. Siz cookie fayllari, shuningdek LocalStorage va SessionStorage texnologiyalarini ishlatishdan voz kechishingiz ham mumkin, buning uchun brauzeringizning kerakli sozlamasini tanlashingiz lozim.

Ko‘p sonli veb-saytlar va serverlar cookie fayllarini ishlatadi. Ko‘plab cookie fayllari cookie faylining yagona identifikatori hisoblangan identifikatsiya raqami (Cookie-ID) ga ega. Bu – belgilar satrlaridan iborat bo‘lib, ular yordamida veb-saytlar va serverlar avval saqlanib qolgan cookie fayliga ega muayyan brauzer bilan bog‘lanishi mumkin. Buning natijasida tashrif buyurilgan veb-saytlar va serverlar ma'lumotlar sub'ektining individual brauzerini boshqa cookie fayllariga ega yana boshqa brauzerlardan farqlay olishi ta'minlanadi. Muayyan brauzerni cookie faylining noyob identifikatsiya raqami yordamida aniqlash va identifikatsiyalash mumkin.

 Cookie fayllarini ishlatilishi mazkur saytga tashrif buyurishni foydalanuvchilar uchun yanada qulayroq bo‘lishiga yordam beradi, bunday qulaylikka cookie fayllarini o‘rnatmasdan erishib bo‘lmaydi.

 Foydalanuvchilarga qulaylik uchun saytimizdagi axborotlar va takliflar cookie fayllari yordamida optimallashtirilishi mumkin. Avval aytib o‘tganimizdek, cookie fayllari bizga saytimiz foydalanuvchilarini tanib, aniqlashga ruxsat beradi. Bunday aniqlab olishdan maqsad,  tashrif buyuruvchilarning saytimizdan foydalanishlarini yengillashtirish hisoblanadi. Masalan, cookie fayllarini ishlatgan tashrif buyuruvchi har safar saytga kirganda qaytadan ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘lmaydi, chunki bu jarayonni foydalanuvchi kompьyuterida saqlangan veb-sayt va cookie fayli bajaradi. Boshqa misol sifatida, internet-do‘konidagi xaridlar savatining cookie faylini keltirish mumkin. Bunday cookie fayli yordamida internet-do‘kon xaridorning o‘z virtual savatiga joylashtirgan tovarlarini eslab qoladi.

 Ma'lumotlar sub'ekti istalgan vaqtda, o‘zi foydalanayotgan brauzerni kerakli sozlamasidan foydalangan holda, saytimiz saqlab qoladigan cookie fayllarini o‘rnatilishini oldini olishi mumkin, va shuning bilan birga cookie fayllarini o‘rnatilishidan uzoq muddatga voz kechish mumkin. Bundan tashqari, avval  o‘rnatilgan cookie fayllari istalgan vaqtda brauzer orqali yoki boshqa dasturiy ta'minot yordamida o‘chirilishi mumkin. Bu jarayon ommalashgan barcha brauzerlarda amalga oshiriladi. Agar ma'lumotlar sub'ekti o‘zi foydalanayotgan brauzerda cookie fayllari sozlamasini o‘chirsa, unda, saytimizning ayrim funktsiyalari to‘liq holda taqdim etilmaslik ehtimoli mavjud.

 Umumiy ma'lumotlar va axborotlarni yig‘ish

Mazkur veb-sayt, unga ma'lumotlar sub'ekti tashrif buyurganda yoki qandaydir avtomatlashgan tizimga so‘rov yuborganda bir qator umumiy ma'lumotlarni va boshqa axborotlarni yig‘adi. Bu axborotlar server jurnalidagi fayllar (Logfiles) da saqlanadi.

Quyidagi axborotlar yig‘ilishi mumkin:

(1) brauzerlarning ishlatilayotgan turi va versiyasi,

(2) tizim orqali veb-saytga murojaat qiluvchi foydalanilayotgan operatsion tizim,

(3) veb-saytga murojaat qilayotgan tizimi mavjud bo‘lgan sayt, bizning veb-saytimizga kelib tushadi (bu Referrer deb nomlanadi),

(4) veb-saytga murojaat qiluvchi tizim yordamida tashrif buyurilgan saytimizning sub-saytlari,

(5) veb-saytga tashrif buyurilgan sana va vaqt,

(6) internet-protokol manzili (IP-adres),

(7) veb-saytga murojaat qiluvchi tizim internet xizmatlari provayderi,

(8) bizga tegishli bo‘lgan axborot-texnologiyalari tizimlariga hujum mavjud bo‘lgan holatda tahdidlarni oldini olish uchun xizmat qiluvchi ma'lumotlar va axborotlar.

 

Ushbu umumiy ma'lumotlar va axborotlarni ishlatilishida biz ma'lumotlar sub'ekti to‘g‘risida hech qanday xulosa qilmaymiz. Barcha ma'lumotlar aslida quyidagilar uchun muhimdir:

 (1) saytimiz mazmunini to‘g‘ri taqdim etish,

(2) saytimiz mazmunini va uning uchun reklamani optimallashtirish,

(3) saytimiz axborot-texnologik tizimlari va texnikalarining uzoq muddatli samaradorligini ta'minlash, shuningdek 

(4) kiberhujum yuz bergan taqdirda, kerakli sud tergov ishlari uchun zarur ma'lumotlarni huquqni himoya qiluvchi organlarga taqdim etish.

Shunday qilib, bu anonim yig‘ilgan ma'lumotlar va axborotlarni, bir tarafdan, biz tomonimizdan tahlil qilinadi, boshqa tarafdan esa, kompaniyamizdagi ma'lumotlar himoyasi va xavfsizligi darajasini oshirish maqsadida baholanadi, bu yakuniy hisobda, biz qayta ishlov berayotgan shaxsiy ma'lumotlar himoyasining optimal darajasini ta'minlaydi. Server jurnalining anonim ma'lumotlar fayllari, ma'lumotlar sub'ekti taqdim etgan barcha shaxsiy ma'lumotlardan alohida holda saqlanadi.   

 Sayt orqali aloqa imkoniyati

Qonunchilikka binoan, mazkur saytda kompaniyamiz bilan tezda aloqa o‘rnatishni, shuningdek elektron kommunikatsiya vositalari yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga chiqishni ta'minlovchi axborot mavjud. Bunday aloqa, xususan, ko‘rsatilgan elektron pochta (elektron pochta manzili) ning umumiy manzilidan foydalanish bilan amalga oshiriladi. Ma'lumotlar sub'ekti elektron pochta orqali yoki aloqa formulyari yordamida ma'lumotlarni qayta ishlashga mas'ul bo‘lgan shaxs bilan aloqa o‘rnatgan taqdirda, ma'lumotlar sub'ekti yuborgan shaxsiy ma'lumotlar avtomat tarzda saqlanadi. Ma'lumotlar sub'ekti tomonidan ixtiyoriy ravishda taqdim etiladigan bunday shaxsiy ma'lumotlar, qayta ishlash yoki ma'lumotlar sub'ekti bilan aloqa o‘rnatish maqsadida saqlanadi. Bu shaxsiy ma'lumotlar uchinchi shaxsga taqdim etilmaydi. 

 Shaxsiy ma'lumotlarni rejali o‘chirish va bloklash

Qayta ishlashga mas'ul shaxs, ma'lumotlar sub'ektining shaxsiy ma'lumotlarini ularni faqat saqlash maqsadiga erishish uchun kerakli bo‘lgan vaqt davrida, yoki boshqa, qonun va boshqa huquqiy hujjatlarda yevropa yoki boshqa qonun chiqaruvchi tomonidan ko‘zda tutilgan, ta'siri mas'ul shaxsga tegishli bo‘lgan  holatlarda qayta ishlaydi va saqlaydi.

Agar shaxsiy ma'lumotlarni saqlash maqsadi tugatilsa yoki qonundagi va boshqa huquqiy hujjatlardagi yevropa yoki boshqa qonun chiqaruvchi tomonidan ko‘zda tutilgan muddati tugasa, qonunchilik me'yorlariga ko‘ra, ular rejali ravishda bloklanadi yoki o‘chiriladi.

 Ma'lumotlar sub'ekti huquqlari

a) tasdiqlash huquqi

Har bir ma'lumotlar sub'ektining o‘z shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash amalga oshirilayotgani yoki bunday emasligini mas'ul shaxsdan talab qilish huquqi yevropa qonun chiqaruvchisi tomonidan ta'minlangan. Agar ma'lumotlar sub'ekti bu huquqidan foydalanish istagini tasdiqlamoqchi bo‘lsa, bunday tasdiq uchun, u istagan vaqtda, mas'ul shaxsning istalgan xodimiga murojaat qilishi mumkin.

b) axborot olish huquqi

Shaxsiy ma'lumotlari qayta ishlanayotgan har bir ma'lumotlar sub'ekti, istagan vaqtda mas'ul shaxsdan ma'lumotlar sub'ektiga tegishli saqlangan shaxsiy ma'lumotlarni, shuningdek uning nusxasini bepul olish huquqiga ega va bu yevropa qonun chiqaruvchisi tomonidan ta'minlangan. Bundan tashqari, ma'lumotlar sub'ektining quyidagi axborotlarni olish huquqi yevropa qonun chiqaruvchisi tomonidan e'tirof etilgan:

ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadlari

qayta ishlanadigan shaxsiy ma'lumotlar turkumi

shaxsiy ma'lumotlari oshkor bo‘lgan yoki oshkor bo‘layotgan  qabul qiluvchilar yoki  qabul qiluvchilar toifalari, ayniqsa, agar bunday qabul qiluvchilar uchinchi mamlakat yoki xalqaro tashkilot hisoblansa

mumkin bo‘lganda, shaxsiy ma'lumotlar saqlanishi rejalashtirilgan muddat, yoki, agar bu mumkin bo‘lmasa, bunday muddatni aniqlash mezonlari

ma'lumotlar sub'ektining shaxsiy ma'lumotlarini tuzatish yoki o‘chirish huquqining mavjudligi, yoki ma'lumotlarning mas'ul shaxs tomonidan qayta ishlanishini cheklash huquqining, yoki bunday qayta ishlanishga qarshi e'tiroz bildirish huquqining mavjudligi

nazorat qiluvchi organga shikoyat qilish huquqining mavjudligi

agar shaxsiy ma'lumotlar, bevosita ma'lumotlar sub'ekti tomonidan olinmagan bo‘lsa: bunday ma'lumotlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi barcha mavjud axborotlar 

qaror qabul qilishning avtomatlashtirilgan jarayoni mavjudligi, jumladan, profillash, Ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha Umumiy reglamentning 22(1) va 22(4) moddalariga binoan va, kamida shunday holatlardaki, qaror qabul qilishdagi mantiq to‘g‘risida, shuningdek ma'lumotlar sub'ekti uchun bunday qayta ishlov berishning natijasi va kutilgan samarasi to‘g‘risida mazmunli axborotlarning mavjudligi

Shuningdek, ma'lumotlar sub'ekti o‘z shaxsiy ma'lumotlarini uchinchi mamlakatga yoki xalqaro tashkilotga berilganlik holati to‘g‘risidagi axborotni olish huquqiga ega. Bunday holat amalga oshirilgan taqdirda, ma'lumotlar sub'ekti bu holatga nisbatan tegishli kafolatlar to‘g‘risida axborot olish huquqiga ham ega.

Agar ma'lumotlar sub'ekti axborotlar olish huquqidan foydalanmoqchi bo‘lsa, tegishli so‘rovlar bilan mas'ul shaxsning istalgan xodimiga istalgan vaqtda murojaat qilishi mumkin.

c)    tuzatish huquqi

Shaxsiy ma'lumotlari qayta ishlanayotgan har bir ma'lumotlar sub'ektining, o‘ziga tegishli bo‘lgan shaxsiy ma'lumotlaridagi xatolarni zudlik bilan tuzatilishini talab etish huquqi yevropa qonun chiqaruvchisi tomonidan ta'minlangan. Bundan tashqari, ma'lumotlar sub'ekti shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash, qo‘shimchalar kiritish kabi maqsadlarni inobatga olgan holda, shuningdek, bu haqida kerakli ariza berish orqali ham ma'lumotlarga qo‘shimchalar kiritishni talab qilishi mumkin.

Agar ma'lumotlar sub'ekti bunday qo‘shimchalar kiritish huquqidan foydalanmoqchi bo‘lsa, tegishli ariza bilan mas'ul shaxsning istalgan xodimiga istalgan vaqtda murojaat qilishi mumkin.

d)     o‘chirish huquqi (unutish huquqi)

Shaxsiy ma'lumotlari qayta ishlanayotgan har bir ma'lumotlar sub'ekti, o‘ziga tegishli bo‘lgan shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash zarurati mavjud bo‘lmasa, shuningdek quyidagi sabablardan biri mavjud bo‘lganda, bunday ma'lumotlarni zudlik bilan o‘chirishni mas'ul shaxsdan talab etish huquqiga ega va bu huquq yevropa qonun chiqaruvchisi tomonidan ta'minlangan:

Shaxsiy ma'lumotlar yig‘ib bo‘lingan yoki boshqa tarzda, endi zarurati mavjud bo‘lmagan maqsadda qayta ishlanganda.

Ma'lumotlar sub'ekti Ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha Umumiy reglamentining 6 (1) moddasi (a) bandi yoki 9(2) moddasi (a) bandiga bo‘yicha asoslangan  ma'lumotlarni qayta ishlashga bergan roziligini bekor qilganda, shu bilan birga ma'lumotlarni qayta ishlash uchun boshqa huquqiy asoslar mavjud bo‘lmaganda.

Ma'lumotlar sub'ekti Ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha Umumiy reglamentining 21(1) moddasiga binoan, ma'lumotlarni qayta ishlashga qarshi e'tiroz bildirganda, shuningdek qayta ishlashga kerakli huquqiy asoslar mavjud emasligi yoki ma'lumotlar sub'ekti Ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha Umumiy reglamentining 21(2) moddasiga binoan ma'lumotlarni qayta ishlashga qarshi e'tiroz bildirganda.

Shaxsiy ma'lumotlar buzilgan holda qayta ishlanganda.

Yevropa Ittifoqi va unga a'zo davlatlar qonunchiligiga binoan, huquqiy majburiyatni bajarish uchun zarur bo‘lganda, qonun hujjatlari mas'ul shaxsga nisbatan qo‘llanilgan holda shaxsiy ma'lumotlar o‘chirilganda.

Ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha Umumiy reglamentining 8(1) moddasiga binoan, shaxsiy ma'lumotlar axborot hamjamiyati tomonidan taklif etgan xizmatlar asosida yig‘ilganda.

Yuqorida keltirilgan sabablardan biri mavjud bo‘lganda, shuningdek, agar ma'lumotlar sub'ekti saqlangan shaxsiy ma'lumotlarni o‘chirish istagini bildirganda, bu haqidagi ariza bilan mas'ul shaxsning istalgan xodimiga istalgan vaqtda murojaat qilishi mumkin. Bunday xodim ma'lumotlarni o‘chirish talabini kechiktirmasdan bajarilishi uchun kerakli amallarni bajaradi.

 Agar shaxsiy ma'lumotlar e'lon qilinib va kompaniyamiz Ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha Umumiy reglamentining 17(1) moddasiga binoan, mas'ul shaxs sifatida shaxsiy ma'lumotlarni o‘chirishga majbur bo‘lsa, unda kompaniyamiz mazkur holatda chora ko‘rish uchun o‘zidagi mavjud texnologiyalar va harajatlarni hisobga olgan holda, shuningdek texnik xarakterga ega, e'lon qilingan shaxsiy ma'lumotlarga qayta ishlov beruvchi boshqa mas'ul shaxslarni, ma'lumotlar sub'ekti bu mas'ul shaxslardan shaxsiy ma'lumotlari yoki nusxalariga bo‘lgan barcha havolalarni, shuningdek, qayta ishlov berish zarurati mavjud bo‘lmaganda, shaxsiy ma'lumotlarning ortiqcha nusxalarini o‘chirishlarini talab qilganligidan xabardor qilish uchun harakatlarni amalga oshiradi. Bunday holat yuzaga kelganda, kompaniyamiz xodimi bu masalani hal etishga qaratilgan kerakli harakatlarni amalga oshiradi.

(e)    qayta ishlashni cheklash huquqi

Shaxsiy ma'lumotlari qayta ishlanayotgan har bir ma'lumotlar sub'ekti, mas'ul shaxsdan quyidagi shartlardan biri mavjud bo‘lganda, ma'lumotlarga qayta ishlov berish cheklanishini talab qilish huquqiga ega va bu yevropa qonun chiqaruvchisi tomonidan ta'minlangan:

1. Ma'lumotlar sub'ekti, mas'ul shaxs shaxsiy ma'lumotlar haqiqiyligini tekshirishi uchun yetadigan vaqt davomida, shaxsiy ma'lumotlarining to‘g‘ri ekanligiga e'tiroz bildirganda.

2. Qayta ishlash uchun huquqiy asoslarning mavjud emasligi, ma'lumotlar sub'ekti shaxsiy ma'lumotlarini o‘chirishdan voz kechishi va buning o‘rniga shaxsiy ma'lumotlarini ishlatishga cheklov talab qilganda.

3. Mas'ul shaxs qayta ishlash maqsadidagi shaxsiy ma'lumotlarga muhtoj emas, biroq ular ma'lumotlar sub'ektiga ariza, qonuniy talablarni bajarish va himoyalash uchun zarur bo‘lganda.

4. Ma'lumotlar sub'ekti Ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha Umumiy reglamentining 21(1) moddasiga binoan, ma'lumotlarni qayta ishlashga qarshilik bildirganda, va mas'ul shaxsning qonuniy asoslari ma'lumotlar sub'ektining qonuniy asoslaridan ustunligi aniqlanmagan holatda.

Yuqoridagi shartlardan biri mavjud bo‘lganda, shuningdek ma'lumotlar sub'ekti, saqlangan shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashga cheklov talab etish xohishi paydo bo‘lganda, u tegishli ariza bilan mas'ul shaxsning istalgan xodimiga istalgan vaqtda murojaat qilishi mumkin. Kompaniya xodimi ma'lumotlarni qayta ishlashni cheklashga qaratilgan kerakli amallarni bajaradi.

(f)    ma'lumotlarni ko‘chirish huquqi

Shaxsiy ma'lumotlari qayta ishlanayotgan har bir ma'lumotlar sub'ekti, mas'ul shaxsdan o‘ziga tegishli bo‘lgan, ma'lumotlar sub'ekti tomonidan mas'ul shaxsga tizimli, universal va mashinada o‘qiladigan formatda taqdim etilgan shaxsiy ma'lumotlarini olishni talab etish  huquqiga ega va bu huquq yevropa qonun chiqaruvchisi tomonidan ta'minlangan. Ma'lumotlar sub'ekti shuningdek, bunday ma'lumotlarni to‘siqlarsiz mas'ul shaxs tomonidan boshqa mas'ul shaxsga berish huquqiga ega bo‘lib, agar unga shaxsiy ma'lumotlar avvaldan taqdim etilgan bo‘lib, ularni qayta ishlash Ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha Umumiy reglamentining 6(1) moddasi (a) bandi yoki 9(2) moddasi (a) bandiga binoan, yohud shartnoma asosida, Ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha Umumiy reglamentining 6(1) moddasi (b) bandiga asoslangan bo‘lsa, va bunday qayta ishlash avtomatizatsiya vositalaridan foydalangan holda  amalga oshirilsa, ayrim holatlar, qayta ishlashda jamoatchilik manfaatlarini himoya qilish maqsadlari ko‘zlangan holatlardan tashqari yoki mas'ul shaxs zimmasiga yuklatilgan rasmiy vakolatlarni amalga oshirishdagi holatlar bundan mustasnodir.

Bundan tashqari, ma'lumotlar sub'ekti, Ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha Umumiy reglamentining 20(1) moddasiga binoan o‘z ma'lumotlarini ko‘chirish huquqini amalga oshirishda, shaxsiy ma'lumotlarini bir mas'ul shaxsdan boshqasiga berish huquqiga egadir, bu texnik jihatdan mumkin bo‘lganda va boshqa shaxslarning huquq va erkinliklari buzilmagan taqdirda.     

Ma'lumotlarni ko‘chirish huquqini amalga oshirish uchun ma'lumotlar sub'ekti istalgan vaqtda biz bilan bog‘lanishi mumkin.

g)    e'tiroz bildirish huquqi

Shaxsiy ma'lumotlari qayta ishlanayotgan har bir ma'lumotlar sub'ekti, istalgan vaqtda aniq bir holatga asoslangan sabab bo‘yicha, Ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha Umumiy reglamentining 6(1) moddasi (e) yoki (f) bandlariga binoan qayta ishlanayotgan o‘z shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlanishiga e'tiroz bildirish  huquqiga ega va bu huquq yevropa qonun chiqaruvchisi tomonidan ta'minlangan. Mazkur qoida profillashda ham amal qiladi.

E'tirozli murojaat yuzaga kelganda, biz shaxsiy ma'lumotlaringizni qayta ishlashni to‘xtatamiz, qayta ishlash uchun ma'lumotlar sub'ektining manfaatlari, huquqlari va erkinliklari oldida ustuvorlikka ega bo‘lgan qonuniy asoslarimiz mavjud bo‘lgan holat, yoki ma'lumotlarni qayta ishlash qonuniy talablarni qo‘llash, amalga oshirish yoki himoya qilish maqsadlariga xizmat qilgan holatlar bundan mustasno.

Agar biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama taqdim etish maqsadida shaxsiy ma'lumotlarga qayta ishlov bersak, unda ma'lumotlar sub'ekti bunday reklama maqsadida shaxsiy ma'lumotlarining qayta ishlanishiga qarshi istalgan vaqtda e'tiroz bildirish huquqiga egadir. Bu shuningdek profillashga ham taalluqlidir, agar u ham bunday reklama taqdim etilishi bilan bog‘liq bo‘lsa. Ma'lumotlar sub'ekti to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama taqdim etish maqsadida ma'lumotlarni qayta ishlanishiga qarshi e'tiroz bildirsa, biz bunday maqsadda shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashni to‘xtatamiz.

Bundan tashqari, ma'lumotlar sub'ekti o‘zidagi muayyan holat bilan bog‘liq bo‘lgan asoslarda unga tegishli shaxsiy ma'lumotlarni ilmiy yoki tarixiy maqsadlarda, shuningdek Ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha Umumiy reglamentining 89(1) moddasiga muvofiq, statistika maqsadlarida qayta ishlanishiga qarshi e'tiroz bildirish huquqiga ega, ma'lumotlarning bunday qayta ishlanishida jamoatchilik manfaatlarini ta'minlash maqsadlaridagi vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan holatlar bundan mustasno. 

E'tiroz bildirish huquqini amalga oshirish uchun  ma'lumotlar sub'ekti bevosita istalgan xodimga murojaat qilishi mumkin. Ma'lumotlar sub'ekti, shuningdek axborot jamiyatining xizmatlaridan foydalanish nuqtai nazaridan, 2002/58/EG Direktivasining qoidalariga qaramasdan, e'tirozlarini texnik jihozlardan foydalangan yoki foydalanmagan holda avtomatlashtirilgan vositalar yordamida  bildirishni mustaqil ravishda hal qilish huquqiga ham egadir.

(h)    aniq holatlarda qaror qabul qilishning avtomatlashtirilgan jarayoni, jumladan profillash

Shaxsiy ma'lumotlari qayta ishlanayotgan har bir ma'lumotlar sub'ekti, unga nisbatan huquqiy yoki boshqa o‘xshash salbiy oqibatlar keltiruvchi qarorlar nafaqat avtomatik qayta ishlash natijalari bo‘yicha, shu jumladan profillashda ham, qabul qilinishidan tashqari, bunday qaror quyidagi holatlarda ham qabul qilinishi huquqiga ega va bu huquq yevropa qonun chiqaruvchisi tomonidan ta'minlangan:

(1) ma'lumotlar sub'ekti va mas'ul shaxs o‘rtasida shartnoma tuzish yoki shartnomani bajarish uchun zarur hisoblanmaganda, yoki 

(2) Yevropa Ittifoqi va unga a'zo davlatlarning qonunchilik hujjatlariga asosan, va bu qonunchilikning mas'ul shaxsga ta'siri bo‘lishi bilan birga, shuningdek mazkur qonunchilik hujjatlarida ma'lumotlar sub'ektining huquqlarini, erkinligini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha maqbul chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan holda joiz hisoblanganda, yoki

(3) ma'lumotlar sub'ektining bevosita roziligi bilan asoslanganda.

 Agar qaror qabul qilish

(1) ma'lumotlar sub'ekti va mas'ul shaxs o‘rtasida shartnoma tuzish yoki bajarish uchun zarur bo‘lganda yoki

(2) ma'lumotlar sub'ektining bevosita roziligi bilan asoslanganda, biz ma'lumotlar sub'ektining huquq va erkinliklarini,  shuningdek qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha, shu jumladan, kamida, mas'ul shaxs sifatida tanishtirilgan shaxsning qaror qabul qilishi jarayonida ishtirok etish huquqi, o‘z nuqtai nazaringizni bayon etishga va qaror bo‘yicha bahslashish uchun maqbul chora-tadbirlarni amalga oshiramiz.

Agar ma'lumotlar sub'ekti qaror qabul qilishning avtomatlashtirilgan jarayonga tegishli bo‘lgan huquqlarini amalga oshirishni istasa, u istagan paytda mas'ul shaxsning istalgan xodimiga tegishli ariza bilan murojaat etishi mumkin.  

i)    ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilikni bekor qilish huquqi

Shaxsiy ma'lumotlari qayta ishlanayotgan har bir ma'lumotlar sub'ekti, shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash uchun bergan roziligini bekor qilish huquqiga ega va bu huquq yevropa qonun chiqaruvchisi tomonidan ta'minlangan.

Agar ma'lumotlar sub'ekti ma'lumotlarini qayta ishlashga bergan roziligini bekor qilish huquqidan foydalanishni istasa kerakli ariza bilan mas'ul shaxsning istalgan xodimiga istalgan vaqtda murojaat qilishi mumkin.

 Ma'lumotlarni qayta ishlashning huquqiy asosi

Ma'lumotlarni qayta ishlashning aniq maqsadlari uchun rozilik olgan holda, bunday qayta ishlash bo‘yicha amallar o‘tkazishning huquqiy asoslari – Ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha Umumiy reglamentining 6 moddasi  (a) bandi hisoblanadi. Agar shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash, tomonlarning biri ma'lumotlar sub'ekti sanalgan shartnomani bajarish uchun muhim bo‘lsa, masalan, tovar jo‘natish uchun zarur bo‘lgan qayta ishlash amallarini bajarish yoki boshqa xizmatlar yoki majburiyatlarni bajarishda, bu holda Ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha Umumiy reglamentining 6 moddasi  (b) bandi asosida qayta ishlanadi. Mazkur qoida, shartnoma tuzishdan oldin bajariladigan tadbirlarni amalga oshirishda, masalan, biz taqdim etadigan mahsulot va xizmatlarga so‘rovlar mavjud bo‘lganda, zarur bo‘lgan ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonlariga ham tegishlidir. Agar kompaniyamiz, shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash zarurligini, masalan, soliqlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini aniqlovchi, biror bir huquqiy majburiyatning ta'siri doirasida bo‘lsa, bu holda Ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha Umumiy reglamentining 6 moddasi  (s) bandi asosida qayta ishlanadi. Ayrim holatlarda  shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash ma'lumotlar sub'ekti yoki boshqa jismoniy shaxsning zarur hayotiy manfaatlarini himoya qilish uchun muhim hisoblanishi mumkin. Bunday holatlardan biri sifatida shunday voqea bo‘lishi mumkinki, masalan, korxonamizda biron bir tashrif buyuruvchiga shikast yetishi oqibatida, uning ismi sharifi, yoshi, tibbiy sug‘urta ma'lumotlari yoki boshqa hayotiy muhim axborotlarni shifokorga, shifoxonaga yoki uchinchi shaxsga berilishi zarur bo‘lgan holat. Bu holatda ma'lumotlarni qayta ishlash Ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha Umumiy reglamentining 6 moddasi  (d) bandi asosida amalga oshiriladi.

Nihoyat, ma'lumotlarni qayta ishlash yuzasidan amallar Ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha Umumiy reglamentining 6 moddasi  (f) bandiga asoslanishi mumkin. Mazkur bandga asosan, qonunning yuqorida sanab o‘tilgan bandlari ta'siriga tushmaydigan ma'lumotlarni qayta ishlash, agar  bu ma'lumotlarni qayta ishlash kompaniyamizning yoki uchinchi shaxsning qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo‘lsa, va shu shart bilanki, ma'lumotlar sub'ektining manfaatlari, asosiy huquqlari va erkinligi kompaniyamiz yoki uchinchi shaxsning qonuniy manfaatlaridan ustun bo‘lmaganda amalga oshiriladi.

Ma'lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan amallarni bajarish bizga ruxsat etilishi, qisman, shu sababliki, bu yevropa qonun chiqaruvchisi tomonidan alohida zikr etilganligidandir. Bunda yevropa qonun chiqaruvchisi, ma'lumotlar sub'ekti mas'ul shaxsning mijozi bo‘lgan holatda (Ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha Umumiy reglamentining 2 xatboshi, 47 deklarativ qismi) qonuniy manfaatlari mavjudligini taxmin qilish mumkinligini  nazarda tutgan sanaladi.    

 Ma'lumotlarni qayta ishlashda mas'ul shaxs yoki uchinchi shaxsning qonuniy manfaatlari

Agar shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash Ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha Umumiy reglamentining 6 moddasi, (f) bandi talablariga asoslansa,  kompaniya egalari va barcha xodimlarimizning manfaatlari yo‘lidagi tijorat faoliyatimizni amalga oshirish qonuniy manfaatlarimiz hisoblanadi.

 Shaxsiy ma'lumotlarni saqlash muddati

Qonun bilan belgilangan tegishli saqlash muddati shaxsiy ma'lumotlarni saqlash muddatining mezoni hisoblanadi. Ushbu muddat tugashi bilan, tegishli ma'lumotlar, agar ular shartnomani bajarish yoki tayyorlash uchun boshqa talab etilmasa, rejali ravishda o‘chiriladi.

 Shaxsiy ma'lumotlarni taqdim etish to‘g‘risida huquqiy va shartnomaviy nizomlar; shartnoma tuzish uchun shaxsiy ma'lumotlarning zarurligi; ma'lumotlar sub'ektining shaxsiy ma'lumotlarini taqdim etish majburiyatlari: shaxsiy ma'lumotlarni taqdim etmaslikning ehtimoliy  oqibatlari

 Biz ushbu bilan sizni xabardor qilmoqchi edikki, ayrim holatlarda shaxsiy ma'lumotlarni taqdim etish qonunchilik me'yorlari bilan belgilangan (masalan, soliq qonunchiligi) yoki shartnoma qoidalaridan kelib chiqqan (masalan, shartnoma bo‘yicha hamkor to‘g‘risida axborot) bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda shartnoma tuzishda, ma'lumotlar sub'ekti, keyinchalik biz tomonimizdan qayta ishlanadigan  shaxsiy ma'lumotlarini taqdim etishi zarur bo‘lishi mumkin. Masalan, agar kompaniyamiz ma'lumotlar sub'ekti bilan shartnoma tuzadigan bo‘lsa, unda ma'lumotlar sub'ekti  shaxsiy ma'lumotlarini bizga taqdim etishga majburdir. Shaxsiy ma'lumotlarini taqdim etmaslik, ma'lumotlar sub'ekti bilan shartnoma tuzilmasligini anglatadi.

Shaxsiy ma'lumotlarini taqdim etishdan avval, ma'lumotlar sub'ekti bizning biron bir xodim bilan aloqa bog‘lashi lozim. Bizning xodim har bir muayyan holatda ma'lumotlar sub'ektiga, shaxsiy ma'lumotlarini qonunchilik me'yorlari yoki shartnoma qoidalariga ko‘ra taqdim etish, yohud shartnoma tuzish uchun taqdim etish, shuningdek shaxsiy ma'lumotlarni taqdim etish bo‘yicha majburiyatning mavjudligi va ularni taqdim etmaslik oqibatlari qanday bo‘lishi to‘g‘risida tushuntirib beradi.    

 Qaror qabul qilishning avtomatlashtirilgan jarayoni mavjudligi

Ma'lumotlarni himoya qilish uchun mas'ul bo‘lgan kompaniya sifatida, biz, avtomatlashtirilgan qaror qabul qilish va profillashni amalga oshirish jarayonlaridan foydalanishdan bosh tortamiz.

 Aloqa ma'lumotlari

Siz saytimizda ko‘rsatilgan elektron pochta manzilidan foydalangan holda biz bilan bog‘lanishingiz mumkin. Bu holatda foydalanuvchining elektron pochta orqali yuborilgan shaxsiy ma'lumotlari saqlab qolinadi.

Sizning ma'lumotlaringizni qayta ishlash uchun, shuningdek elektron pochta orqali xabarlar yuborish va qabul qilish uchun qayta ishlashga mas'ul bo‘lgan shaxs Google korporatsiyasiga tegishli GSuite kompaniyasining bulutli xizmatlaridan foydalanadi. Google G Suite – kompaniyaning ichki ma'lumotlarini, ya'ni hujjatlar, ro‘yxatlar, elektron pochta va  boshqa ko‘plab axborotlarini bulutli saqlash va qayta ishlash xizmatidir.

Google Ireland Limited, Gordon House, Barrow Street, Dublin 4, Ireland kompaniyasi G Suite kompaniyasining amaliyot kompaniyasi sanaladi.

Orient Global GmbH kompaniyasining aloqa manzillariga elektron pochta xabarlari yuborilganda, ular uchinchi mamlakatda Google Ireland Limited kompaniyasi tizimlarida saqlanadi.

Shu munosabat bilan tomonlararo, buyurtmalarni qayta ishlash nazarda tutilgan shartnoma imzolangan.

Ko‘rsatib o‘tilgan shartnomaviy shartlarga asosan, Google Ireland Limited  kompaniyasi G Suite tomonidan ma'lumotlarni bulutli saqlash xizmatida saqlangan ma'lumotlarga kirish huquqiga ega emas.

Ma'lumotlar bu holatda uchinchi shaxsga berilmaydi. Ma'lumotlar faqat yozishmalarni qayta ishlash uchun ishlatiladi.

 Cookie fayllari

Biz PHPSESSID cookie fayllaridan foydalanamiz. Bu cookie fayli Sizning joriy sessiyangizni PHP-ilovasiga ko‘ra saqlaydi va, shuning bilan, PHP dasturlash tiliga asoslangan bu saytning barcha funktsiyalari to‘liqligicha ekranda aks etishini kafolatlaydi. Saqlash davri: brauzer sessiyasi tugagunga qadar (brauzer yopilganda o‘chib ketadi).

GoogleAnalytics da demografik xususiyatlar

Mazkur sayt Google Analytics ning «demografik xususiyatlar» funktsiyasidan foydalanadi. Bu saytdan foydalanuvchilarning yoshi, jinsi, qiziqishlari to‘g‘risidagi ma'lumotlardan

Bizga yozing Bizga yozing

Ehtiyot qismlar topishga yordam beramiz

Captcha
Brendlar Brendlar

Biz bilan ishlaydigan brendlar

Zimmermann
ZF
Zekkert
YENMAK
VEMO
Vaico
TRW
TRUCKTEC
TOPRAN
SWAG
Stellox