WABCO
Wabco avto ehtiyot qismlariga Toshkentda imtiyozli shartlarda buyurtma berishni xohlaysizmi? Mashhur brendning eng yaxshi ehtiyot qismlarini ulgurji yetkazib beruvchini izlayapsizmi? Sizga Wabco avtomobil ehtiyot qismlarini O'zbekiston bo'ylab ishonchli va tez yetkazib berish kerakmi? Orient Global xizmatlari – bunday muammolar yechimi uchun eng yaxshi tanlov. Biz ko'p yillardan buyon eng yirik xalqaro brend bilan hamkorlik qilib kelmoqdamiz, bu bizga mijozlar uchun qulay savdo shart-sharoitlarini yaratish imkonini berdi. Keng assortiment, ishlab chiqaruvchidan kafolatlangan sifat, tez va ishonchli yetkazib berish xizmati, Toshkent bozorida Wabco avtomobil ehtiyot qismlari uchun eng quyi narxlar – bu afzalliklarimizning faqat bir qismi, xolos.
Wabco ehtiyot qismlariga qayerdan buyurtma berish mumkin: Orient Global bilan sizning imkoniyatlaringiz
Mashhur brendlar avtomobil ehtiyot qismlarini yetkazib berish faoliyatimizning asosiy yo'nalishi hisoblanadi. Orient Global hamkorlik qilayotgan oʻnlab ishlab chiqaruvchi kompaniyalar orasida bosh qarorgohi Shveytsariyada joylashgan Wabco yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Tajribali xorijiy ishlab chiqaruvchi bilan yaqin hamkorlik qilish orqali biz Toshkent shahrida avtomatik tormozlash tizimlari va boshqa Wabco avtomobil ehtiyot qismlarini sotish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratdik. Bunday mahsulotlarga buyurtma berish uchun Orient Global kompaniyasiga murojaat qilgan mijozlarimiz uchun quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
- Wabco avtomobil ehtiyot qismlarining eng xaridorgir pozitsiyalarini katalogda keng taqdim etilganligi;
- Toshkentda Wabco avtomobil ehtiyot qismlari uchun raqobatbardosh narxlar hamda doimiy mijozlarga moslashuvchan chegirmalar;
- Wabco ehtiyot qismlarini arzon narxlarda va miqdor bo’yicha hech qanday cheklovlarsiz yetkazib berish;
- Ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan to’g’ridan to’g’ri hamkorlik va mahsulotning muvofiqlik sertifikatlari bilan ta’minlangan taniqli brenddan asl sifat kafolati;
- Wabco ehtiyot qismlarini O’zbekiston bo’ylab yetkazib berishni tashkillashtirishda mijozlarga professional yordam va logistika xizmati.
Bularning barchasi tajribali maslahatchilarning xizmatlari orqali yanada qulaylashtirilgan. Ular bilan telefon, messenjer va elektron pochta orqali bog’lanish mumkin. Mutaxassislar Wabco avto ehtiyot qismlari haqida barcha kerakli ma’lumotlarga ega. Zarur hollarda kompaniya xodimi nafaqat savollaringizga javob beradi, balki avtomobillar uchun ehtiyot qismlarni tanlash va buyurtma berishda ham yordam beradi.
Wabco avtomobil ehtiyot qismlari savdosi bo’yicha ko’p so’raladigan savollar
- Wabco avtomobil ehtiyot qismlari qancha muddatda yetkazib beriladi? – O’zbekistonda Wabco mahsulotlarini yetkazib berish muddatlari ishlab chiqaruvchining omborlarida mahsulot mavjudligiga, transport kompaniyalari bilan kelishuvga va boshqa bir qator omillarga bog‘liq. Ma’lum bir Wabco brendi ehtiyot qismini yetkazib berish borasida batafsil ma’lumot olish uchun menejerimiz bilan bog’laning.
- Original mahsulotlarni sotishingizga qanday ishonsa bo’ladi? – Tegishli hujjatlarni ushbu sahifadan topasiz. Agar zarur bo’lsa, buyurtmangiz bilan birgalikda sizga sertifikat nusxalarini ham yuborishimiz mumkin.

Ehtiyot qismlar topishga yordam beramiz

Biz bilan ishlaydigan brendlar











