GSP
Orient Global GmbH Toshkentda OEM/Aftermarket toifasida GSP avtomobil ehtiyot qismlarini taqdim etadi. Biz ushbu ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan anchadan beri rasman hamkorlik qilib kelmoqdamiz, shu sabab biz xaridorlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga muvaffaq bo’ldik. Turli assortiment, O‘zbekiston uchun original GSP ehtiyot qismlarining hamyonbop narxlari, tez va ishonchli yetkazib berish afzalliklarimizning bir nechtasi, xolos. Batafsil ma’lumot va tez-tez beriladigan savollarga javoblar bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Toshkentda GSP ehtiyot qismlarini qayerdan sotib olish mumkin: xaridorlarimiz uchun imkoniyatlar
Orient Global GmbH 50 dan ortiq taniqli brendlarning avtomobil qismlarini yetkazib berishga ixtisoslashgan. GSP mahsulotlarini yetkazib berish – bizning asosiy faoliyatimizdan biridir. Biz ushbu ishlab chiqaruvchi kompaniya avtomobil ehtiyot qismlarining rasmiy distribyutori hisoblanamiz. Bu esa bizga o’z navbatida O’zbekistondagi xaridorlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni ta’minlash imkonini berdi. GSP ehtiyot qismlariga ulgurji yoki chakana buyurtma berish maqsadida biz bilan bog’langan mijozlar uchun quyidagi e’tiborga molik bir qancha imkoniyatlar eshigi ochiladi:
- GSP ehtiyot qismlarining rasmiy tasdiqlangan muvofiqlik sertifikatlari hamda asl sifati kafolati;
- Buyurtmalarning o’z vaqtida yetkazib berilishini ta’minlovchi, shuningdek, zaruriyat tug’ilganda bojxona rasmiylashtiruviga ko’maklashadigan samarali logistika xizmati;
- Toshkent shahrida avtomobillar uchun GSP ehtiyot qismlarining hamyonbop narxlari va doimiy mijozlarga xarajatlarni kamaytirish imkonini beruvchi chegirmalar.
GSP avto ehtiyot qismlarini xarid qilish bo’yicha taklifimizning afzalliklari malakali konsultant xizmatini ham o’z ichiga oladi. Qo’llab-quvvatlash xizmati operatoriga murojaat qilish orqali siz mahsulot bo’yicha barcha kerakli ma’lumotlarni, uni sotish va yetkazib berish shartlarini aniqlab olishingiz mumkin bo’ladi. Zarur hollarda, mutaxassis tanlovingizga mos keladigan avto ehtiyot qismlarini tanlash va buyurtma berishda ko’maklashadi.
GSP avtomobil ehtiyot qismlari savdosi bo’yicha ko’p so’raladigan savollar
Bu qismda mijozlarimiz tomonidan tez-tez so’raladigan savollarga javoblar e’lon qilingan. Ular bilan tanishib chiqing – ehtimol, bu yerda GSP avto ehtiyot qismlari haqida o’zingizni qiziqtirgan ma’lumotni topishingiz mumkin.
- Yetkazib berish qancha vaqt oladi? – O’zbekistonda GSP mahsulotlarini yetkazib berish muddatlari ishlab chiqaruvchining omborlarida mahsulot mavjudligiga, transport kompaniyalari bilan kelishuvga va boshqa bir qator omillarga bog‘liq. Ma’lum bir GSP brendi ehtiyot qismini yetkazib berish borasida batafsil ma’lumot olish uchun menejerimiz bilan bog’laning.
- Nima sababdan GSP avto ehtiyot qismlari narxlari saytda ko’rsatilmagan? — Mijozlarimiz bilan ishlashda biz ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan taqdim etilgan umumiy prays-list (narxlar ro‘yxati)dan foydalanamiz, u esa doimiy ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Shuning uchun ham avval mijozga GSP mahsulotlarining hozirda aktual narxlar ro’yxati, shuningdek, tovarning mavjudligi va buyurtma sifatida joylashtirilgan mahsulotni yetkazishga tayyorlash muddatlari haqida ma’lumot taqdim etiladi.