Lemförder
Orient Global GmbH Toshkentda OEM/Aftermarket toifasida LEMFÖRDER avtomobil ehtiyot qismlarini taqdim etadi. Biz ushbu ishlab chiqaruvchi kompaniyaning rasmiy vakili sifatida anchadan beri faoliyat ko’rsatib kelmoqdamiz, shu sabab biz xaridorlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga muvaffaq bo’ldik. Turli assortiment, O‘zbekiston uchun original LEMFÖRDER ehtiyot qismlarining hamyonbop narxlari, tez va ishonchli yetkazib berish afzalliklarimizning bir nechtasi, xolos. Batafsil ma’lumot va tez-tez beriladigan savollarga javoblar bilan quyida tanishishingiz mumkin.
LEMFÖRDER ehtiyot qismlarini qayerdan xarid qilish mumkin: xaridorlarimiz uchun imkoniyatlar
Orient Global GmbH 50 dan ortiq taniqli brendlarning avtomobil qismlarini yetkazib berishga ixtisoslashgan. LEMFÖRDER mahsulotlarini yetkazib berish – bizning asosiy faoliyatimizdan biridir. Biz ushbu ishlab chiqaruvchi kompaniya avtomobil ehtiyot qismlarining rasmiy distribyutori hisoblanamiz. Bu esa bizga o’z navbatida O’zbekistondagi xaridorlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni ta’minlash imkonini berdi. LEMFÖRDER ehtiyot qismlariga ulgurji yoki chakana buyurtma berish maqsadida biz bilan bog’langan mijozlar uchun quyidagi e’tiborga molik bir qancha imkoniyatlar eshigi ochiladi:
- LEMFÖRDER ehtiyot qismlarining rasmiy tasdiqlangan muvofiqlik sertifikatlari hamda asl sifati kafolati;
- Buyurtmalarning o’z vaqtida yetkazib berilishini ta’minlovchi, shuningdek, zaruriyat tug’ilganda bojxona rasmiylashtiruviga ko’maklashadigan samarali logistika xizmati;
- Toshkent shahrida avtomobillar uchun LEMFÖRDER ehtiyot qismlarining hamyonbop narxlari va doimiy mijozlarga xarajatlarni kamaytirish imkonini beruvchi chegirmalar.
Bularning barchasi tajribali maslahatchilarning xizmatlari orqali yanada qulaylashtirilgan. Ular bilan telefon, messenjer va elektron pochta orqali bog'lanish mumkin. Mutaxassislar LEMFÖRDER avto ehtiyot qismlari haqida barcha kerakli ma’lumotlarga ega. Zarur hollarda kompaniya xodimi nafaqat savollaringizga javob beradi, balki avtomobillar uchun ehtiyot qismlarni tanlash va buyurtma berishda ham yordam beradi.
LEMFÖRDER avtomobil ehtiyot qismlari savdosi bo’yicha ko’p so’raladigan savollar
Bu qismda mijozlarimiz tomonidan tez-tez so’raladigan savollarga javoblar e’lon qilingan. Ular bilan tanishib chiqing – ehtimol, bu yerda LEMFÖRDER avto ehtiyot qismlari haqida o’zingizni qiziqtirgan ma’lumotni topishingiz mumkin.
- Yetkazib berish qancha vaqt oladi? – O’zbekistonda LEMFÖRDER mahsulotlarini yetkazib berish muddatlari ishlab chiqaruvchining omborlarida mahsulot mavjudligiga, transport kompaniyalari bilan kelishuvga va boshqa bir qator omillarga bog‘liq. Ma’lum bir LEMFÖRDER brendi ehtiyot qismini yetkazib berish borasida batafsil ma’lumot olish uchun menejerimiz bilan bog’laning.
- Nima sababdan LEMFÖRDER avto ehtiyot qismlari narxlari saytda ko’rsatilmagan? — Mijozlarimiz bilan ishlashda biz ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan taqdim etilgan umumiy prays-list (narxlar ro‘yxati)dan foydalanamiz, u esa doimiy ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Shuning uchun ham avval mijozga LEMFÖRDER mahsulotlarining hozirda aktual narxlar ro’yxati, shuningdek, tovarning mavjudligi va buyurtma sifatida joylashtirilgan mahsulotni yetkazishga tayyorlash muddatlari haqida ma’lumot taqdim etiladi.

Ehtiyot qismlar topishga yordam beramiz

Biz bilan ishlaydigan brendlar











