Hella
Orient Global GmbH Toshkentda OEM/Aftermarket toifasida Hella avtomobil ehtiyot qismlarini taqdim etadi. Biz ushbu ishlab chiqaruvchi kompaniyaning rasmiy vakili sifatida anchadan beri faoliyat ko’rsatib kelmoqdamiz, shu sabab biz xaridorlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga muvaffaq bo’ldik. Turli assortiment, O‘zbekiston uchun original Hella ehtiyot qismlarining hamyonbop narxlari, tez va ishonchli yetkazib berish afzalliklarimizning bir nechtasi, xolos. Batafsil ma’lumot va tez-tez beriladigan savollarga javoblar bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Hella ehtiyot qismlariga qayerdan buyurtma berish mumkin: Orient Global bilan imkoniyatlaringiz
Kompaniyamiz bir necha yildan beri taniqli brendlar avto ehtiyot qismlarini yetkazib berish bilan shug’ullanib kelmoqda. Hella mahsulotlarini O’zbekiston bo’ylab yetkazib berish – bizning asosiy faoliyatimizdan biridir. Biz xaridorlar uchun eng maqbul shart-sharoitlarni ta’minladik. Hella ehtiyot qismlariga ulgurji yoki chakana buyurtma berish maqsadida biz bilan bog’langan mijozlar o’zlari uchun quyidagi ajoyib imkoniyatlarni kashf etadilar:
- Ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan to’g’ridan to’g’ri hamkorlik va mahsulotning muvofiqlik sertifikatlari bilan ta’minlangan taniqli brenddan asl sifat kafolati;
- Hella ehtiyot qismlarini arzon narxlarda va miqdor bo’yicha hech qanday cheklovlarsiz yetkazib berish;
- Toshkentda Hella avtomobil ehtiyot qismlari uchun raqobatbardosh narxlar hamda doimiy mijozlarga moslashuvchan chegirmalar;
- Hella ehtiyot qismlarini O’zbekiston bo’ylab yetkazib berishni tashkillashtirishda mijozlarga professional yordam va logistika xizmati.
Bularning barchasi tajribali maslahatchilarning xizmatlari orqali yanada qulaylashtirilgan. Ular bilan telefon, messenjer va elektron pochta orqali bog'lanish mumkin. Mutaxassislar Hella avto ehtiyot qismlari haqida barcha kerakli ma’lumotlarga ega. Zarur hollarda kompaniya xodimi nafaqat savollaringizga javob beradi, balki avtomobillar uchun ehtiyot qismlarni tanlash va buyurtma berishda ham yordam beradi.
Hella avtomobil ehtiyot qismlari savdosi bo’yicha ko’p so’raladigan savollar
- Nima sababdan Hella avto ehtiyot qismlari narxlari saytda ko’rsatilmagan? — Mijozlarimiz bilan ishlashda biz ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan taqdim etilgan umumiy prays-list (narxlar ro‘yxati)dan foydalanamiz, u esa doimiy ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Shuning uchun ham avval mijozga Hella mahsulotlarining hozirda aktual narxlar ro’yxati, shuningdek, tovarning mavjudligi va buyurtma sifatida joylashtirilgan mahsulotni yetkazishga tayyorlash muddatlari haqida ma’lumot taqdim etiladi.
- O’zbekistonda Hella kompaniyasining original mahsulotlarini sotishingiz haqida biror dalil bormi? – Ha. Tegishli hujjatlarni ushbu sahifadan topasiz. Agar zarur bo’lsa, buyurtmangiz bilan birgalikda sizga sertifikat nusxalarini ham yuborishimiz mumkin.

Ehtiyot qismlar topishga yordam beramiz

Biz bilan ishlaydigan brendlar











